Dubay sudi BAAning 5 nafar fuqarosini va Fors körfazi davlatidan bölgan yana bir kişini yöllarda sport maşinalarida poyga uyuştirganliklari uçun jamoat işlarini bajariş bilan jazoladi. Bu haqda BAA boş prokuraturasi bergan xabarda ma'lum qilindi.   

"Yöl harakati qoidabuzarlari yöllardagi mas'uliyatsiz xatti-harakatlari uçun jamiyatga foyda keltiriş bilan jazolanişlari kerak", deb aytilgan xabarda.

Poyga maşinalari va katta tezliklar işqivozlari jazo sifatida köça supuriş va AYoQŞda maşinalarga yoqilği quyiş kabi, BAAda eng "qora" iş hisoblanuvçi işlarni bajaradilar. Ularga berilgan jazo muddati 1 oydan 3 oygaça  davom etadi. Eng katta jazo muddatini esa maşinasini bolalar maydonçasi yonida "uçirgan" haydovçi oldi.