Bugun turli sohalarda mavjud kamçiliklar röy-rost aytilib, ularning amaliy yeçimi topilayotgani, xalq bilan muloqot olib borişda oçiqlik muhiti yaratilgani, fuqarolarning murojaatlari, taklif va taşabbuslarini örganişda rahbar hamda mansabdor şaxslarning mas'uliyati kuçaytirilayotgani ayni muddao bölmoqda.
Bu jihatlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş hamda muvofiqlaştiriş xizmati, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari xodimlari tomonidan taşkil etilayotgan sayyor qabullarda ham öz ifodasini topmoqda.
Çirçiq şahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyida 10 aprel kuni bölib ötgan navbatdagi sayyor qabulda Çirçiq şahri va Qibray tumani aholisi tomonidan Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga yöllagan murojaatlar ularning mualliflari iştirokida atrofliça körib çiqildi.
Oçiq muloqot şaklida ötgan tadbirda jismoniy va yuridik şaxslardan tuşayotgan murojaatlarning barçasi davlatimiz rahbarining şaxsan nazoratida ekani, bunday sayyor qabullar fuqarolarning davlat organlariga murojaat qiliş borasidagi huquqini ta'minlaş, ularni qiynayotgan muammolarni qonun asosida samarali hal etişda ta'sirçan vositaga aylanayotgani alohida ta'kidlandi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xöjalik sudi, Boş prokuratura, Içki işlar, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va örta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Soğliqni saqlaş vazirliklari, davlat qömitalari, agentliklar, kompaniyalar rahbarlari, Markaziy bank, Toşkent viloyati, Çirçiq şahri va Qibray tumani hokimliklari mas'ul xodimlari fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlarini tingladi va ularni birma-bir körib çiqdi.
Ma'lumotlarga köra, joriy yilning 9 aprel kuniga qadar Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalariga Çirçiq şahri aholisidan 8 ming 400 dan ortiq murojaat kelib tuşgan. Ularning qariyb 94 foizi körib çiqilgan, qolgani esa körib çiqiş jarayonida. Qibray tumanidan şu davrda 8 ming 247 ta murojaat kelib tuşgan bölib, ularning 7 ming 800 dan ortiği körib çiqilgan, 429 ta murojaat körib çiqilmoqda.
Tahlillar aholidan asosan uy-joy, moddiy yordam, iş haqi, pensiya va bolalar nafaqasi, bank-moliya, obodonlaştiriş va kommunal xöjaligi, fuqarolik, pasport va propiska, sudlarda işlar körilişi, mehnat va bandlik, sud qarorlari ijrosi, suriştiruv va tergov jarayoni, ta'lim sohasi, issiqlik va elektr energiyasi, tabiy gaz ta'minoti, soğliqni saqlaş, transport va yölovçi taşiş xizmatlari kabi yönalişlar böyiça murojaatlar kelayotganini körsatmoqda.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar va tadbirkorlar özlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegişli sohalarga mas'ul bölgan rahbarlarga murojaat qiliş va ular yuzasidan javob oliş imkoniga ega böldi.











