Hayot bir joyda töxtab turmaydi. Köz oçib-yumgunimizça, kunlar izidan tunlar, tunlar izidan oylar, yillar ötib bormoqda. Vaqt şu qadar tez sur'atlarda ötayaptiki, ba'zan hayot taşvişlari bilan bölib, hatto köz öngingizda voyaga yetayotgan farzandingizning böyi çözilib, fikrlaşi özgargani, katta bölib qolganini ham sezmay qolarkansiz.
Bunday xulosaga kelişimga sabab, endigina 10 yoşga tölgan qizimning savollari, fikr-mulohazalari, aksar hollarda şoşma-şoşarlik bilan bölsa-da, öziga çiqargan hayotiy xulosalari ba'zan yoş ona sifatida aqlimni şoşirib qöyadi. Özimning aynan şu yoşimdagi fikrlarim, tasavvur va xayolot dunyoimni eslaşga harakat qilaman. Öylab körsam, ön yoşligimda ança sodda bölgan ekanman. Şunday vaqtda psixologlarning hozirgi ösmirlar ötmişdoşlariga nisbatan jismoniy va aqliy jihatdan birmunça ustunlikka egaligi, ularda jinsmoniy yetişiş, ijtimoiylaşuv jarayoni, psixik ösiş oldinroq namoyon bölayotgani haqidagi xulosasi qançalik töğri ekanligiga amin böladi, kişi.
Ösmirlik davri haqida söz yuritilganida, bir neça ön yillik pedagoglik tajribasiga ega onamning gaplari yodimga tuşadi:
— Ösmirlik davri bolalarning eng nozik pallasidir, — deydi onam. — Bu davrda bolalarning jismoniy va ruhiy taraqqiyoti juda tezlaşadi, qiziqişi ortadi, fe'l-atvori va ma'naviy dunyosi şakllanadi, ilk qarama-qarşiliklarga duç keladi. Eng asosiysi, bu davrda ularning axborot, ma'lumotlarga bölgan intilişi kuçayadi. Şu bois biz, kattalar bolalarning yangiliklarga bölgan ehtiyojini doimo hisobga olişimiz, badiiy va hujjatli adabiyotlarni mutolaa qildiriş orqali ma'naviyat asoslari mustahkam bölişiga erişişimiz lozim. Dono xalqimiz bejiz böş qop tik turmaydi, demaydi. Agar sen farzandlaringga öz vaqtida kerakli bilim va yangiliklarni bera olmasang, u taşqaridan axborot izlay boşlaydi va bunday holatdan manfur maqsadli kimsalar ustomonlik bilan foydalanmasligiga heç kim kafolat bermaydi.

Ayni damda internet, ijtimoiy tarmoqlar, turli ommaviy axborot vositalarida yoşlarni, ösmir va öspirin bolalarni öz joniga qasd qilişgaça undayotgan “Siniy kit”, “More kitov”, “Feya”, “F-57” va “F-58”, “Men öyinda”, “Bogataya uzbeçka” singari öyinlar köplab mamlakatlar aholisiga, ayniqsa, ösmirlariga katta xavf tuğdirayotgani haqidagi maqolalar, körsatuv va eşittirişlarni öqib, eşitib, körib turibmiz.
“SINIY KIT” QANDAY ÖYIN?
Farzandi maktab, kollej yoki akademik litseyda tahsil olayotgan va ayni paytda ularning qöliga ijtimoiy tarmoq, internetga ulaniş imkoniyatiga ega smartfonlarni tutqazib qöygan ota-onalarga ma'lumot tariqasida “Siniy kit” onlayn öyini haqida quyidagilarni keltiramiz:




















