Yaponiyanin Toyota kompaniyasi yangi FT-4X kontseptini namoyiş qildi. Uning yukxona eşigi özgaça uslubda işlab çiqilgan. U tepaga va yontomonga ham oçilişi mumkin. 

Ehtimol, bu prototip FJ Cruiser modelining bölajak örinbosari haqida tasavvur uyğotadi. Biroq, hozirça, kompaniya kontseptni seriyali davom ettiriş rejalari haqida söz yuritmayapti, aksinça yangi ğoyalarning namoyişi sifatida çeklanişmoqda. 

FT-4X TNGA global modul arxitekturasi negizida barpo etilgan. Uning ölçami CH-R krossoveri bilan bir xil. Kontseptga örnatiladigan motor tafsilotlari oçiqlanmagan. 

Kontseptni kompaniyaning Kaliforniyadagi dizayn-markazi tayyorlagan. Uning özgaça yukxona eşigidan taşqari, FT-4X orqa ğildiraklar oraliğidagi kuzov tomi va arkalarini olib qöysa böladi. Ularning ostiga şişa joylangan. 

Salonda esa uxlaş uçun qopni ilğaş mumkin. U old örindiqlar örtasida tirsakqöygiç vazifasini ham ötaydi.