Yaponiyaning Miyadzaki şahridagi oçiq savdolarda mango mevasining noyob turlaridan biri qariyb 3,7 ming AQŞ dollariga sotildi. Kyodo axborot agentligining xabar berişiça, savdolarda Fukuoka tumanidagi dökonlardan birining egasi ğolib çiqqan.

U xarid qilgan mevasini peştaxtada reklama maqsadida qöyib qöyiş niyatida. Kimoşdi savdolarida hammasi bölib 200dan ortiq da'vogar iştirok etgan.

Bunday savdolarga esa mangoning mahalliy “Quyoşli turi”ning eng yaxşi namunalari qöyiladi – ular tarkibida şakar miqdori 15 foizdan oşmasligi va oğirligi 350 grammdan köproq bölişi kerak. 

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, Yaponiyadan bunday turdagi auksionlar doimiy tarzda ötkaziladi. Masalan, ötgan yilning mayida Sapporo şahridagi savdolarda "Yubari" turidagi bir juft qovun 18,4 ming dollarga sotilgandi.