Jasurbek Komilov (ism-familiyalar özgartirilgan) köpçilik havas qiladigan yaxşigina kasbning egasi edi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
2015 yilning mart oyidan Yaşnobod tumani IIB HOOB militsiya tayanç punktining profilaktika inspektori lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi. Binoyidek işlab yurgan yigitni nafs yöldan ozdirdi. Ötgan yilning avgust oyida javobgarligidagi hududda fuqarolar, korxona va taşkilotlarda pasport tizimiga rioya etilişi yuzasidan hamkasbi bilan birgalikda tadbir ötkazgan J.Komilov non mahsulotlari işlab çiqariş sexida işlayotgan 3 nafar fuqaroning fuqarolik pasporti mavjud emasligini aniqlaydi. Ular xizmat xonasiga taklif qilinib, ma'muriy bayonnoma tuziladi. Mazkur masala yuzasidan oilaviy korxona taşkilotçilaridan biri Hakim Böriyev profilaktika inspektori bilan “muzokara” olib boradi...
U ötgan yilning 15 avgust kuni soat 14:00larda öziga tegişli avtomobilda 1 mln. 140 ming söm miqdoridagi pulni, şundan 651 ming sömdan oşiqroğini sex xodimlariga nisbatan tuzilgan ma'muriy bayonnoma böyiça jarima tölovi uçun, qolgan 488 800 sömini esa korxona rahbari Rustam Böriyevga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik va ma'muriy jazo qöllamaslik evaziga pora tariqasida olganida, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olinib, sud tomonidan unga nisbatan tegişli huquqiy çoralar körildi.












