AQŞ Harbiy-havo kuçlari 14 mart kuni Nevadadagi Tonopa poligonida takomillaştirilgan B61-12 termoyadroviy bombasini sinovdan ötkazgan. Bomba F-16C qiruvçi samolyotidan taşlangan. Robins aviabazasi saytidagi ma'lumotga köra, sinov yadro portlaşlarini taqiqlaş töğrisidagi xalqaro şartnomaga binoan jangovar zaryadsiz amalga oşirilgan.
Xabarda aytilişiça, bu F-16C samolyoti orqali ilk sinov bölgan. Kelgusida bombani B-2A, B-21, F-15E, F-16C/D va F-16 MLU, şuningdek F-35 hamda PA-200 samolyotlari orqali qöllaş rejalaştirilgan.
2015 yilning noyabrida AQŞning Nevada ştatida ilk marta B61-12 bombasi muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan edi.
Modernizatsiya qilingan B61-12 atom bombasi hozirda AQŞ armiyasi qurollanişida mavjud bölgan B61 turkumidagi B61-3, -4, -7, -10 yadro bombalarining örnini egallaydi.

Takomillaştirilgan bombaning işlab çiqarilişi 2020 yilgaça boşlanişi rejalaştirilgan.
2020 yildan B61-12 bombalarini Yevropadagi harbiy bazalarda joylaştiriş boşlanadi. Hozirgi kunda uşbu bazalarda bombaning eski modeli saqlanmoqda.
Bombaning yangi modifikatsiyasi maqsadga juda aniq tuşişi bilan ajralib turadi. Bir neça kilometr balandlikdan taşlangan bomba körsatilgan maqsaddan bir neça metrda tuşişi mumkin. Bu asosan çuqur yer ostida joylaşgan, yaxşi himoyalangan qömondonlik boşqaruv punktlarini yöq qiliş uçun möljallangan. Ularni faqat aniq tuşgan atom bombasi yordamida yöq qiliş mumkin.












