Italiya A Seriyasining 32-turi doirasida «Yuventus» va «Peskara» örtasida keçgan hamda mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan uçraşuv vaqtida turinliklar hujumçisi Paulo Dibala jarohat oldi.
Dibala raqib yarim himoyaçisi Salli Muntari işlatgan qöpollikdan keyin, uçraşuvning 54-daqiqasida maydonni tark etişga majbur böldi.
Jamoa boş murabbiyi Massimiliano Allegri Dibala YeÇLning çorak finalida «Barselona»ga qarşi keçadigan javob uçraşuvida iştirok etişiga umid bildirmoqda.
«U yengil jarohat olgan, çap oyoğida şikastlaniş bor. Lekin biz optimist bölişimiz kerak», — deya Allegrining sözlarini keltirgan Reuters.












