Hindistonning Mumbay, Çennay va Haydarobod şaharlaridagi aeroportlarda samolyotlarning öğirlaniş xavfi yuzaga kelgani tufayli trevoga holati e'lon qilindi.
The Indian Express xabarida yozilişiça, xavfsizlik xizmatlariga kelib tuşgan ma'lumotga köra, 23 kişidan iborat guruh vakillari bir vaqtning özida 3ta aeroportda samolyot öğirlaşni rejalaştirgan.
Qayd etilişiça, bu haqda samolyot öğirlaş rejasi haqidagi suhbatni tasodifan eşitib qolgan ayol xabar bergan.
Aviakompaniyalar yölovçilardan aeroportlarga har ehtimolga qarşi barvaqtroq kelişni hamda xavfsizlik xizmatlarining tavsiyalarini bajarişni söragan.












