«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining 4 öyinidan diskvalifikatsiya qilinişi yuzasidan berilgan apellyatsiyasi köriladigan majlisda qatnaşiş uçun FIFA qarorgohiga bormaslikka qaror qildi.

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia 29 yoşli futbolçi bilan uçraşib, agar u Tsyurixga borib keçirim söraydigan bölsa, FIFA uning diskvalifikatsiyasini qisqartirişi mumkinligini aytgandi.

Ammo Messi FIFA qarorgohiga borib keçirim söramoqçi emasligini bildirgan.

AFA Messining hakamni «fohişaning bolasi» deya haqorat qilmagani, aslida boşqa söz işlatganini aytmoqda.

Eslatib ötamiz, «Barselona»ning 29 yoşli hujumçisi öyin vaqtida hakamga nisbatan haqoratli sözlarni işlatgani uçun 4 öyinga diskvalifikatsiya qilingandi.

FIFA tartib-intizom qömitasi majlisi 4 may kuni Tsyurixda bölib ötişi belgilangan.