Zamonaviy televizorlar turli texnik parametrlar, format, texnologiya va funksiyalar bilan kişini lol qoldiradi. Oddiy iste'molçi har doim ham ularni mustaqil tarzda tanlay olmaydi. E'tiboringizga har xil xususiyatlarga çalğimasdan, öz ehtiyojingiz uçun “töğri” televizor tanlaşda yordam beradigan layfxakni taqdim qilamiz.
Televizorlar bozori ayni paytda jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Bunday jarayonda qanday qilib hozirgi standartlarni hisobga olib, barça yangi formatlar, töplagiçlar, manbalar bilan mos keluvçi, uzoq vaqt davomida öz ahamiyatini yöqotmaydigan va mavjud texnologiyalarni qöllab-quvvatlaydigan televizorni tanlaş mumkin? Keling, bu mavzuni Özbekistonda işlab çiqarilgan Samsung televizorlari misolida iste'molçilarning asosiy talablaridan kelib çiqqan holda körib çiqsak.
Diagonal. Ekranlari kundan-kunga kattalaşib bormoqda – bu hozirgi davrning muhim tendensiyalaridan biri bölib, nafaqat televizor segmenti, balki mobil qurilmalar bozoriga ham talluqlidir. Buning sababi juda oddiy: ekran qançalik katta bölsa, tomoşadan olingan tassurot-da şunçalik kuçli böladi. Agar oldinlari «qutiga» joylangan ekran diagonali 72 santimetr (28 dyuym) bölgan kineskopli televizorlar maksimal ölçam hisoblangan bölsa, hozirgi kunda esa 32 diagonalli suyuq kritall displey örnatilgan televizor keng va şinam zal uçun kiçiklik qilmoqda – bugun bunday ölçamdagi televizorning örni oşxonada, 40 dyuymli televizor esa yotoqxonaga mos keladi. Mehmonxona uçun esa 46-49 (yoki bundan-da kattaroq bölişi mumkin) dyuymli panellar eng maqbul yeçim sanaladi. Özbekistonda tayyorlanayotgan Samsung televizorlarining modellar qatorida yuqoridagi barça ssenariylarga mos keladigan va bu boradagi şartlarga javob beradigan optimal ölçamli ekranlarga ega televizorlar mavjud.
Aniqlik formati. Ekranlarning kattalaşişi öz-özidan ulardagi aniqlik formatlarini oşirişga turtki berdi. Çunki yirik ekranda tasvirning tiniqligini ta'minlaş uçun yuqori aniqlik formati talab etiladi. Katta diagonalli panellar örnatilgan zamonaviy televizorlar FullHD (1920x1080 piksel) formatiga ega bölib, bu omil ekrandagi tasvirning sifatli va batafsil namoyiş qilinişini ta'minlaydi. Ekran diagonali 40 va 49 dyuym bölgan Samsung televizorlari FullHD formatiga ega va ular tasvirni tomoşabin uçun qulay sifatda körsatadi. Qatordagi eng kiçik panelga ega bölgan 32 dyuymli televizor esa HD (1366 na 768 piksel) formatida tayyorlangan bölib, bu körsatkiç sifatli tasvir namoyişi uçun mazkur ölçamdagi televizorlarga yetarlidir.
Sifat va kafolat. Köplab mutaxassislarning fikriça, bozordan kelib çiqişi noma'lum va şubha uyğotadigan darajada arzon narxli televizorni xarid qiliş kelgusida iste'molçiga turli noqulayliklarni keltirib çiqarişi mumkin. Masalan, bunday mahsulotlar uzoq vaqt mobaynida xizmat qilmasligi, nosoz holga kelişi, ta'mirlaş va ehtiyot qismlar bilan boğliq muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Samsung kompaniyasi ayni paytda yurtdoşlarimizga koreys texnologiyasi asosida xalqaro sifat standartlariga mos ravişda Özbekistonda işlab çiqarilgan maqbul narxdagi televizorlarni taklif qiladi. Şu bilan bir qatorda kompaniya uşbu televizorlar uçun yuqori darajadagi kafolat xizmatini ham taqdim etadi.











