Örta yer dengizida Iuventa nomli nemis qutqaruv kemasi çökmoqda. Bu haqda kema tegişli bölgan nohukumat taşkiloti feysbukda ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, kema bir neça kun davomida muhojirlarni qutqariş bilan şuğullangan va bortiga haddan ziyod köp odamni olib yuborgan. "Biz yolğiz özimiz vaziyatni eplay olmaymiz. Kema bortiga haddan köp odam ortilgani sababli suza olmayapti", deb yozilgan xabarda. 

Kema Italiya qutqaruvçilariga SOS signalini jönatgan. Şu bilan birga kema yonida yana 400 muhojir bölgan qayiqlar mavjud. Odamlar hayotiga şuningdek tobora yomonlaşib borayotgan ob-havo xavf solmoqda.