Angliyalik politsiyachilar o‘z rasmiy "tvitter"ida xodimlaridan biri ishtirokidagi noodatiy videoni taqdim etishdi. Unda politsiyachi “Rokki” filmidan mashhur sahnani takrorlamoqchi bo‘lib, Filadelfiya Badiiy muzeyi yonidagi zinalardan tepaga chopib chiqmoqchi edi. U o‘z urinishining oxirida qoqilib ketgan va o‘z hamkasblari ko‘z oldida “sharmandali” holatda yiqilgan.

Video bir necha yuzlab foydalanuvchi tomonidan belgilangan. Politsiyachilar esa “Rokki” bo‘lmoqchi bo‘lgan xodim ismini oshkor etishni istashmadi.