Rossiya çempionatining 23-turida "Spartak" "Zenit"ga qarşi maydonga tuşdi. "Otkrytiye Arena" stadionida keçgan öyin 2:1 hisobida "Spartak" foydasiga hal böldi.
Mezbonlar 22-daqiqada Kvinsi Promes goli evaziga oldingi çiqib olişdi. Mehmonlar 66-daqiqada Artyom Dzyubaning goli bilan javob qaytarişdi. "Spartak"ning ğalaba töpini esa 80-daqiqada Aleksandr Samedov kiritişga muvaffaq böldi.
Uşbu öyindan söng "Spartak" 54 oçko töplab, 2-örinda borayotgan TsSKAni 10 oçko, 3-örindagi "Zenit"ni esa 11 oçkoga ortda qoldirmoqda.











