Dunyoning eng keksa insoni sifatida Yamaykaning 117 yoşli fuqarosi Vayolet Moss Braun (Violet Mosse Brown) tan olindi. Bu haqda Metro naşri yozmoqda.

Braun 1900 yil 10 mart kuni Yamaykaning Treloni tumanida dunyoga kelgan. Sayyoraning eng keksa erkak kişisi bölişi mumkin bölgan öğlining onasi tirik. 

2010 yili ayol mahalliy gazetalardan biriga intervyu bergan. Keksa ayol çöçqa va tovuq göşti iste'mol qilmasligini hamda içkilik içmasligini aytgan. «Bilasizmi, ba'zan men özimdan sörayman: nahotki, men 110 yoşdaman? — degan öşanda ayol. — Çunki, men özimni 110 yoşdek sezmayman».

15 aprel kuni Yer yuzining eng keksa insoni italiyalik Emma Moran vafot etgani haqida xabar qilingan edi. U 3 asrni körgan inson hisoblanar edi. Şundan söng, Yamayka boş vaziri Endryu Xolness (Andrew Holness) Twitter sahifasi orqali Braunni rekord bilan tabriklagan. 

Moranning vafotidan söng, ispaniyalik 115 yoşli Ana Vela Yevropaning eng keksa fuqarosi böldi, deb yozadi El País gazetasi. Eng keksa yevropalik erkak sifatida 112 yoşli Frasisko Nunes Olivera hisoblanmoqda. U ham Ispaniyada isstiqomat qiladi. Dunyoning eng köp umr körayotgan erkak kişi 1903 yilda tuğilgan Israel Kriştaldir.