Suriya Fransiya mustamlakaçiligidan ozod bölganligining 71 yilligini nişonladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Respublika mustaqilligining 71 yilligi munosabati bilan mamlakatning boş muftisi, Halab hokimi va harbiy rahbariyati hamda hukmron Baas partiyasi vakillari Suriya mustaqilligi uçun kuraşganlar xotirasini yod etişgan. Ular şifoxonaga taşrif buyurib, bugungi kunda mamlakatni terrorizmdan saqlaş uçun kuraşayotganlar bilan uçraşişgan. 

Halabda esa, mamlakatning turli burçaklaridan kelganlar Suriya xalqining bosqinçilarga qarşi kuraşi timsoli bölgan joyga taşrif buyurişdi. 

Suriya 1920 yilda Fransiya tomonidan koloniyaga aylantirilgan edi. Millatlar ligasi mamlakatni boşqariş huquqini Fransiyaga topşirgandi. Yaxşi qurollanmagan Fransiya armiyasi mustamlakaçilarga qarşi yetarli darajada kuraşa olmadi. Fransiya mustamlakaçiligiga qarşi qurolli qözğolonlar vahşiylarça bostirildi. Suriya Ikkinçi jahon uruşidan keyin, 1946 yilda mustaqillikka erişdi.