Yevropa çempionlar ligasining 1/4 final javob uçraşuvlariga bugun start beriladi. Kunning markaziy uçraşuvini «Real» öz maydonida «Bavariya»ga qarşi ötkazadi. Tribuna.Uz bölajak töqnaşuv haqida batafsil ma'lumot berib ötadi.

Real - Bavariya (18 aprel, Toşkent vaqti bilan 23:45, UzReport, Matç TV)

Myunxenda keçgan birinçi uçraşuvda Kriştianu Ronaldu tomonidan kiritilgan ikki gol «Real»ga 2:1 hisobidagi ğalabani keltirgandi. Bu javob uçraşuvi oldidan madridliklarga yarim finalga yöllanma oliş uçun yaxşigina imkoniyatni hosil qildi.

Öyin oldidan
«Real Madrid»
«Real» «Bavariya» ustidan qozonilgan ğalabadan söng Ispaniya çempionatida Xixonning «Sporting» klubi mehmoni bölib, irodali ğalabaga erişdi. Zidan şogirdlari ikki marta hisobda ortda borganiga qaramasdan, ğalabani öz tomoniga oğdirişga muvaffaq böldi va «Barselona» bilan oradagi farqni saqlab qoldi. Jamoa hamon Ispaniyada yaqqol peşqadam bölib turibdi. 

«Bavariya»
Karlo Ançelotti jamoasida esa natijalar böyiça vaziyatni yaxşi deb bölmaydi. «Bavariya» çempionlik uçun raqobatçi jamoadan xoli bölişiga qaramay, sönggi ikki turda körsatgan öyini bilan muxlislarini ranjitdi. Avvaliga «Hoffenhaym»ga yutqazgan jamoa, ötgan turda «Bayyer» uyidan ğalabasiz qaytdi. Endilikda «Bavariya» va «Leyptsig» örtasidagi oçkolar farqi 8tagaça qisqargan.

Öyinoldi qiziqarli faktlar

— Serxio Ramos Yevropa çempionlar ligasida özining 100-uçraşuvini ötkazişi mumkin;
— bu «Real» va «Bavariya» örtasidagi 24-uçraşuv böladi. Boşqa birorta juftlik yevrokuboklarda bunçalik köp özaro duç kelişmagan;
— «Real» YeÇLda öz uyida ötkazgan sönggi 12 öyinda biror marta ham mağlubiyatga uçramagan (10 Ğ, 2 D);
— «Bavariya» joriy mavsumda YeÇLda mehmonda ötkazgan 4 öyinning 2tasida («Atletiko» va «Rostov») mağlubiyatga uçragan;