Mutaxassislarning fikriça, yaqinda namoyiş qilingan Eronning qiruvçi samolyoti haqiqiy samolyotga öxşaş, biroq qaçondir havoga kötarilişi dargumondir. 

Xorijiy manbalarning fikriça, yaqinda Eron televideniyesi orqali namoyiş qilingan va töliq Eronda işlab çiqarilgani aytilgan Qaher-313 samolyoti aslida uça olmaydi, deb xabar bermoqda National Interest naşri.

Eron 5-avloddagi qiruvçi samolyotlar suratlarini çop etişda davom etmoqda. Yangi samolyot taşqi körinişdan bu turdagi samolyotlarga öxşaydi, biroq uça olmasligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda Eron harbiy aviatsiyasining aksariyati eski sovet va AQŞ samolyotlaridan iborat. Eronga qöyilgan sanksiyalar tufayli ularni zamonaviy xorijiy samolyotlar bilan yangilaşning iloji yöq. Bu muammoni hal qiliş uçun eronlik harbiylar öz samolyotlarini yaratişga qaror qilişgan, biroq oxirgi videolar ularning haqiqiyligiga şubha tuğdirmoqda.

Misol uçun, Eron samolyotida juda ğalati, haqiqatga kam yaqin bölgan aerodinamik sxema qöllangan. Qanoti unça kattamas va qalin old çekkalarga ega, ular juda işonçli körinadi, biroq havoda yordam berişi dargumon. Samolyotning aerodinamik profili kam boşqaruvçanlikka moyil.

Eng katta savollarni korpusning içiga çuqur kiritilgan ikkita kiçik soplo uyğotmoqda. Bunda dvigatellar tyagasi qanday boşqarilişi mutlaq tuşunarsiz. Bundan taşqari, Eron bunday ölçamdagi yagona dvigatellarga ega: bu dvigatellar ança ilgari sotib olingan Northrop F-5 Freedom Fighter samolyotidan yeçib olingan General Electric J85 dvigatelidir. Bu dvigatellarning kuçi zamonaviy harbiy samolyotga yetişi dargumon. Mutaxassislarning fikriça, videoda aerodrom böylab "işonçli" yura oladigan, biroq heç qaçon uça olmaydigan maket tasvirlangan.