Malayziyaning Malaysia Airlines aviakompaniyasi özi amalga oşiradigan aviaqatnovlarni fazoda nazorat qiliş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar qilmoqda. 

Malaysia Airlines aviakompaniyasi Aireon, SITAONAIR va FlightAware kompaniyalari bilan bitim imzolagan. Bu esa, uşbu firmaga öz samolyotlarini dunyoning istalgan nuqtasi, xususan, qutboldi hududlari va uzoq mintaqalarda kuzatiş imkonini beradi, degan Aireon firmasi.

Aireon kompaniyasining özi esa yangi sun'iy yöldoşlar tizimidan Iridium Communications operatori bilan birga 2018 yilda foydalanişni boşlaydi. Bu tizim butun dunyoda havo qatnovini nazorat qilişda qöl keladi. Agentlikka köra, aksar havo kemalari AZN-V va fazo hamda yerdan uzatiladigan signallar vositasida özlari uçayotgan hududlarni ma'lum qiladi. 

"Aniq vaqtda jonli ravişda samolyotlarni nazorat qiliş aviatsiya orzusi edi. Biz şunday qaror qabul qilgan ilk aviakompaniya bölganimizdan faxrlanamiz", — degan aviakompaniyaning boşqaruvçi direktori Izxam Ismoil.