Yevropa çempionlar ligasining 1/4 final javob uçraşuvlari doirasidagi markaziy töqnaşuv Madridda, «Real» va «Bavariya» jamoalari örtasida bölib ötdi.

Uçraşuvning birinçi bölimi asosan madridliklarning taşabbusi ostida keçdi. Lekin bölimda hisob oçilmadi.

53-daqiqada Kazemiro Robbenni öz jarima maydonçasi içida yiqitdi va bu penalti belgilanişiga sabab böldi. 11 metrlik jarima zarbasini Robert Levandovski aniq bajarib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi.

76-daqiqada Kazemiro Myuller bilan töp  uçun kuraşda ustun kelib, Kriştiano Ronalduni pas bilan ta'minladi. Portugaliyalik hujumçi boşi bilan töpni darvozaga yöllab, muvozanatni tikladi. Lekin oradan bir daqiqa ötar-ötmas Serxio Ramos öz darvozasiga gol urib qöydi.

84-daqiqada esa öyindagi hal qiluvçi voqea röy berdi, myunxenliklar jamoasi yarim himoyaçisi Arturo Vidal Marko Asensiodan töpni olib qöyiş uçun harakati vaqtida qöpollik işlatgan deb topildi va ikkinçi sariq kartoçkasini olib, maydonni tark etdi.

Qolgan vaqtda boşqa gol urilmadi va asosiy vaqt 1:2 natijasi bilan tugadi. Natijada barça masala qöşimça bölimlarga qoldirildi.

Overtaymning birinçisi öz yakuniga yetayotgan pallada Ramos töpni jarima maydoniga uzatib berdi, Ronaldu vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglaştirdi. 110-daqiqada Marselo raqib jarima maydoniga yorib kirdi va töpni Ronalduga yetkazib berdi, portugaliyalik hujumçi esa töpni böş darvozaga joyladi - 3:2.

Oradan ikki daqiqa ötib Marko Asensio raqib futbolçilarini aldab ötib gol urdi va uçraşuvga nuqta qöydi - 4:2.

Şu tariqa, «Real» qiyin keçgan uçraşuvda «Bavariya» ustidan ğalabaga erişdi va yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.

Çempionlar ligasi
1/4 final, Javob uçraşuvi
Real (Ispaniya) – Bavariya (Germaniya) 4:2
Gollar: 0:1 – 53, penalti Levandovski, 1:1 – 76 Ronaldu, 1:2 – 77, avtogol Ramos, 2:2 – 104 Ronaldu, 3:2 – 109 Ronaldu, 4:2 – 112 Asensio.
Real Madrid – Navas, Naço, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modriç, Kazemiro, Kroos, Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64).