Suriyalik fotosuratçi Abd Alqodir Habak Halab yaqinida terrorçilarning qoçoqlar bölgan avtobusga hujum qilgan joyga juda yaqin yerda bölgan. Biroq, u suratga oliş jarayonini töxtatib, jarohat olganlarga yordam körsatişga qaror qildi, deb xabar bermoqda CNN.
«Dahşatli edi – ayniqsa, bolalarning yiğlaşi va oldingizda hayotdan köz yumişi. Şuning uçun biz hamkasblarimiz bilan kameralarni taşlab, yaralanganlarni qutqarişga qaror qildik», - deya aytib ötdi fotosuratçi.

Habakning ma'lum qilişiça, u yugurib kelgan birinçi bola ölib bölgan edi. Ikkinçi bolani esa qöliga olgan va xavfsiz joyga olib ötgan.
«Bu bola mening qölimdan mahkam uşlab oldi va közlarimga qarab turardi», - deya ma'lum qildi Habak.
Muhammad Alğarib tomonidan olingan fotosuratda Habakning qölida bola bilan tez yordam maşinasiga qarab çopib ketayotgani tasvirlangan.
«Men u yerda boşqalar hayotini saqlab qolişga harakat qilgan yoş jurnalist bölganidan faxrlanaman», - deya ma'lum qildi Alğarib.
Habakning sözlariga köra, yaralangan bolani maşina içida qoldirgan. Uni tibbiyot xodimlari qabul qilib qolganida hali nafas olayotgandi, biroq fotosuratçi bola tirik qolganmi yoki yöqmi, buni bilmaydi.

Şundan söng u yana terakt joyiga qaytib borgan, biroq yana hayotdan köz yumgan bolaga duç kelgan. Fotosuratçilardan biri Habak bolaning yonida tizzalab ötirganini tasvirga tuşirdi.
«Men hissiyotlarga töla edim. Men va hamkasblarim guvoh bölganimiz – buni ta'riflab bölmaydi...», - deya aytib ötdi Habak.
Eslatib ötamiz, 15 aprel kuni terrorçilar içida qoçoqlar bölgan avtobuslar kolonnasiga portlovçi qurilma bölgan avtomobil yordamida hujum qilişdi. Sönggi ma'lumotlarga köra, terakt tufayli 126 kişi halok bölgan. Ularning kamida 68 nafari – bolalar.










