Özbekiston Respublikasi Prezidentining 19 apreldagi qarori bilan Nodirjon Jörayev Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ikramov Muzraf Mubarakxodjayeviçning birinçi örinbosari etib tayinlangan. Xuddi şu qaror bilan Akbar Toşqulov vazir örinbosarligiga tayinlangan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Jörayev Nodirjon Savriddinoviç — 1981 yil 6 yanvarda Buxoro viloyati, Ğijduvon tumanida tuğilgan. Ma'lumoti-oliy, huquqşunos.
2001 yil Toşkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2006 yil Toşkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me'yoriy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasining katta maslahatçisi lavozimidan boşlagan. Keyinçalik mazkur boşqarmaning boş maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2003–2006 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlaş va huquqiy axborot boşqarmasining bölim boşliği, 2006–2007 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oşirilişi ustidan monitoring qiliş markazining yetakçi maslahatçisi, boş maslahatçisi, bölim boşliği, 2007–2008 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunçilik boşqarmasining boşliği, 2008-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunçilik boş boşqarmasining boşliği, 2014-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlaş böyiça tadqiqot markazining direktori, 2016-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Vazirning birinçi örinbosari vazifalari:
- Qonunçilik boş boşqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiliş;
- Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunçilik boşqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiliş;
- Iqtisodiy qonunçilik boşqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiliş;
- Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiliş;
- Qonun hujjatlarini turkumlaş va huquqiy axborot boşqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiliş;
- Huquqiy axborot bilan taminlaş markazi faoliyatiga rahbarlik qiliş vazifalari belgilangann.










