Tahlillar Suriyaning Xan-Şayxun şahriga kimyoviy hujum vaqtida zarin yoki şunga öxşaş kimyoviy modda qöllanganini isbotladi. Bu haqda Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti saytida çop etilgan bayonotda aytilgan.
"Tahlillar natijalari qurbonlar zarin yoki şunga öxşaş modda ta'siriga uçraganlarini körsatdi", deyilgan xabarda.
Uşbu hujumning tafsilotlarini örganiş böyiça missiya işini davom ettirmoqda. Taşkilot boş direktori Axmet Uzyumdjyuning ta'kidlaşiça, agar xavfsizlik sohasidagi vaziyat imkon bersa, missiya Xan-Şayxunga jönaşga tayyor. Missiya ikki hafta içida Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça konvensiyaga a'zo davlatlarga birinçi hisobotni taqdim qilişi kutilmoqda.
Xan-Şayxundagi kimyoviy hujum 4 aprelda amalga oşirilgan. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, Suriya armiyasi jangarilar zaharli moddalar işlab çiqaruvçi sexni bombardimon qilgan. Vaşington esa Damaşqni tinç aholiga qarşi kimyoviy hujum sodir etganlikda ayblagan hamda bunga javoban Suriyadagi Şayrat aerodromiga raketa zarbasi bergan. Amerikalik mutaxassislarning fikriça, kimyoviy hujumni amalga oşirgan samolyotlar aynan şu aerodromdan havoga kötarilgan.












