Yevropa çempionlar ligasining 1/4 finalidan örin olgan sönggi uçraşuv ham yakunlandi. Unda «Monako» öz uyida «Borussiya»ni qabul qildi.
Uçraşuvning uçinçi daqiqasidayoq Kilian Mbappe jamoasini hisobda oldinga çiqardi. 17-daqiqada Falkao hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi. Marko Roys hisobdagi farqni qisqartirgandi, biroq Valer Jyermen maydonga tuşganidan 22 soniya ötib uçinçi golni kiritdi va jamoasini yarim finalga çiqişida sönggi nuqtani qöydi.
Natijada barça yarim final iştirokçilari aniq böldi. Yarim finalda endi «Real», «Atletiko», «Yuventus» va «Monako» jamoalari kuraşni davom ettirişadi.
YeÇL, 1/4 final
Javob uçraşuvi
Monako Monako – Borussiya D Germaniya 3:1 (2:0)
Gollar: Mbappe (3), Falkao (17), Dermen (81) – Roys (48).
Monako: Subaşiç, Glik, Mendi, Ture, Jyemerson, Moutinyu, Bakayoko, Lemar, Bernardu Silva (Radji, 90), Mbappe (Jyermen, 81), Falkao (Dirar, 68).
Borussiya D: Byurki, Ginter, Papastatopulos, Durm (Dembele, 27), Gerreyru (Pulişiç, 72), Kagava, Şaxin (Şmeltser, 46), Roys, Vaygl, Pişçek, Obameyang.
Dastlabki uçraşuv: 3:2












