Turkiyada yakşanba kuni bölib ötgan referendum natijalari 1923 yilda Turkiya Respublikasi e'lon qilinganidan buyon ötgan 94 yil içida mamlakat tarixidagi eng muhim siyosiy özgarişlarga olib kelişi mumkin.

Bu qanday muhim hodisa va uning ahamiyati?

Turklar referendum mobaynida mamlakatni parlament demokratiyasidan prezidentlik boşqaruviga ötkazişni yoqlab ovoz berişdi.

18 ta özgarişdan iborat paket xalq ixtiyoriga qöyib berildi, çunki konstitutsiyaga kiritilajak özgarişlar parlamentdagi deputatlarning uçdan ikki qismi ma'qulloviga ega bölmadi. 16 aprel kuni bölib ötgan referendumda xalqning yarmisidan köproği özgarişlarni ma'qulladi va endi qonun prezident Rajab Toyyib Erdöğon tomonidan imzolanadi.

Referendumni 1923 yilda Turkiya Respublikasiga asos solingaç, mamlakat siyosiy hayotidagi eng ahamiyatli hodisa sifatida baholaş mumkin. Bu yölda mamlakat prezidenti Erdöğon alohida bir qat'iyat körsatdi va vazirlarini Yevropa davlatlaridagi turk diasporalari örtasida saylovoldi kampaniyasi ötkazişga ham jönatdi, orada Niderlandiya hukumatini "natsistlar" deb ataşga ham ulgurdi.

Yangi tizimga köra, Erdöğon yana ikkita saylovda iştirok etişi mumkin, Agar u 2019 va 2024 yilga saylovlarda ham ğalaba qozona olsa, istiqbolda mamlakatning yakka rahbari sifatida 2029 yilgaça faoliyat olib borişi mumkin. U parlamentda mutlaq katta öringa ega bölgan, özi asos solgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) rahbarligiga ham qaytişi mumkin edi.

Turkiyada şu vaqtgaça prezidentlik lavozimi köproq şunçaki bir udum sifatida mavjud edi, biroq siyosatning şakllantirilişida ma'lum bir ta'sirga ham ega edi. Özining qudratli şaxs ekanligi, ATP elektorati va qonunşunoslari orasida katta obro‘-e'tiborga egaligi tufayli Erdöğon eski konstitutsiya amalda bölib turgan şaroitda ham öz lavozimi obrösini yaxşigina oşirib olgan edi va endi, referendumdan söng, u yanada qudratli şaxsga aylanadi.

Odamlar aynan nimalar uçun ovoz berişdi?

18 ta özgariş avvalo qonunçilik va ijro hokimiyatiga taalluqli böladi. Ularga köra:

- Prezident davlat va hukumat rahbari sanaladi. U vazirlar va vitse-prezidentlarni tayinlaş va işdan oliş huquqiga ega. Prezident, şuningdek, referendumlar joriy etiş huquqiga ham ega böladi.

- Boş vazir lavozimi bekor qilinadi. Prezident vazirlar mahkamasiga rahbarlik qiladi va bir neça vitse-prezidentlardan iborat örinbosarlarga ega böladi. Parlament endi vazirlarni kuzatişdan mahrum böladi, çunki uning vazirlarni kuzatiş va işonçsizlik bildiriş vakolatlariga çek qöyiladi. Parlament vazirlarni oğzaki söroqqa tutiş, ma'lum bir farmonni çiqariş uçun vazirga vakolat yuklaş huquqidan mahrum etildi. Prezident vetosidan ötiş uçun parlament qonun loyihasini absolyut köp ovoz (301) bilan qayta qabul qilişi kerak.

- Prezident endi neytral kişi bölişi şart emas, u özi sodiq bölgan siyosiy partiyaga a'zoligini saqlab qoladi. Ayni paytda prezident lavozimga ötirgaç, partiya bilan aloqalarini uzişi şart edi.

- Prezidentlikka nomzod böliş uçun fuqaro oldingi parlament saylovlarida saylovçilarning kamida 5 foiz ovozini olgan partiyaning qöllaşiga ega bölişi şart.

- Parlament vakolatlari muddati 4 yildan 5 yilga uzaytiriladi. Prezident va parlament saylovlari har 5 yilda bir kunda bölib ötadi.

- Parlament a'zolari soni 550 dan 600 tagaça köpaytiriladi, ularning eng kiçik yoşi esa 25 dan 18 yoşgaça pasaytiriladi.

- Prezident va parlament a'zolarining beşdan uç qismi muddatidan avvalgi saylovlarni ötkaziş haqida qaror qabul qilişi mumkin. Bu holatda ham prezidentlik, ham parlament saylovlari birgalikda ötkaziladi.

- Favqulodda holat e'lon qiliş huquqi prezidentga tegişli, biroq uni harakatga keltiriş uçun parlamentning ma'qullaşi şart.

- Prezidentga parlament tomonidan impiçment qöllanilişi mumkin. Buning uçun parlament a'zolarining beşdan uç qismi qöllab ovoz berişi lozim. Parlament suriştiruvi natijasida parlament prezidentga qarşi işni Oliy sudda körib çiqilişiga erişişi mumkin. Buning uçun deputatlarning uçdan ikki qismi rozi bölib ovoz berişi kerak. Ayni paytda u faqat davlatga xiyonat qilsagina qonunçilik hokimiyati tomonidan sudga berilişi mumkin.

- Harbiy sudlar bekor qilinadi.

- Oliy sud kengaşi a'zolari 22 tadan 13 tagaça qisqartiriladi. Prezident mamlakat Oliy sud kengaşiga 13 a'zosidan 4 nafarini özi tayinlaydi. 7 nafar a'zosini parlament körsatadi. Parlament tomonidan körsatiladigan nomzodlar birinçi turda deputatlarning uçdan ikki qismi (400), ikkinçi turda beşdan uç qismi (360) ovozini olişi kerak. Kengaşning yana ikki a'zosi adliya vaziri va uning örinbosari hisoblanadi. Sudyalar va prokurorlar kengaşi raisi adliya vaziri böladi.

Turkiya favqulodda holatda emasmi?

Ha, referendum ötayotgan muhit ham siyosiy jihatdan favqulodda öta murakkab hisoblanadi, ayniqsa, özgarişlarga qarşi çiqqan insonlar uçun.

Mamlakatda favqulodda holat ötgan yilning yozida — muvaffaqiyatsiz davlat töntarişi natijasida 243 kişi qurbon bölgan va 1400 dan ortiq kişi yarador bölgan kunda joriy etilgan edi. Turkiyada keng quloç yozgan fikrga köra, davlat töntarişini ayni paytda AQŞda yaşayotgan, dunyo böylab tarqalgan "Xizmat" jamoatçilik harakati asosçisi Fathulloh Gulan uyuştirgan. Gulan esa buni rad etib keladi.

Fuqarolik xizmati, politsiya, harbiylar, sud organlari, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari örtasida olib borilgan tozalaş işlari gulançilar bilan aloqadorlikda ayblangan ön minglab insonlarning işdan böşatilişiga sabab böldi. Erdöğonning raqiblari tozalaş işlari töntarişni uyuştirgan gulançilarni tutiş çegarasini buzib ötib, har qanday siyosiy muxolifatni ovlaş işi bölib qolganini ta'kidlab kelişadi.

Muxolifatdagi partiyalarning ma'lumotiga köra, ayni paytda 152 nafar jurnalist qamoqxonalarda, muxolifatdagi Xalq demokratik partiyasini bostiriş natijasida uning köplab qonunçilari va ikki nafar rahbari hibsga olingan.

Nega aksariyat "Ha" deb ovoz berdi?

Parlamentda konstitutsiyaviy özgarişlarni ma'qullaganlar asosoan ATP a'zolari va ular millatçilar bilan ittifoqda şu işga qöl urişdi.

Bu özgarişlar tarafdorlarining fikriça, bu yöl bilan ijro etuvçi hokimiyat iqtisodiy taraqqiyot va terrorizmga qarşi kuraşda hokimiyatni yakkaş boşqaruvçi "Kuçli Turkiya"ga asos solinadi. Ular 1990-yillardagi koalitsion hukumatlarni misol keltirib, iqtisodiy tanazzul va vayronkor inflyatsiyani yodga olişgan. Ular AQŞ, Fransiya va Meksikadagi singari kuçli ijroiya hokimiyati beqaror vaqtlarda — kurdlar köpçilik bölgan hududlarda, IŞIDga va Gulan tarmoqlariga qarşi davom etayotgan kampaniya terrorizm tahdidiga qarşi samaraliroq kuraşa olişadi, deb hisoblaşmoqda. ATP boşqaruvi ostida barqaror hayotdan umid qilinmoqda.

Ularning fikriga köra, harbiy qonun-qoidalar asosida tuzilgan, bir-biriga zid vakolatlar bilan "ikki boşli rahbariyat"ni paydo qilgan hamda unga hukumatda qarorlar çiqarişga tösqinlik qiluvçi vakolatlarlarni taqdim etuvçi eskirgan konstitutsiyadan voz keçiş uçun fursat yetgan. Ularning fikriça, nazarda tutilgan özgarişlardan söng prezidentni katta jinoyatlar uçun ayblaş, hokimiyat bir kişining qölida töplanib qolişining oldini oliş uçun muddatidan avval prezidentlik saylovlari ötkaziş, kabi muvozanatli va tomonlarni tiyib turiş uçun yetarli tizim yaratiladi.

ATP partiyasi deputati va konstitutsion kengaş a'zosi Muhammad Amin Oqboşöğli şunday degan: "Endi kengroq barqarorlik taqdim etiladi, Turkiya noma'lumlik va beqarorlik keltirib çiqaruvçi narsalarga behuda vaqt sarflamaydi, davlat idoralarining samaradorligi oşadi va uning yomon işlayotgan qismlaridan voz keçiladi".

Nega aholining deyarli teng yarmi "Yöq" deb ovoz berdi?

Bu qonun loyihasiga asosan muxolifatdagi ikki partiya qarşi ovoz berdi: sekulyar Respublika xalq partiyasi (RXP) va kurd qonunçilari a'zo bölgan Xalqlarning demokratik partiyasi (XDP). Ularga şuningdek, söllar va ozçiliklar koalitsiyasi qöşilişdi.

Raqiblarning fikriça, prezidentlik tizimi yildan yilga avtoritar rahbarga aylanib borgan Erdöğon boşçiligida yakka boşqaruv tizimi yaratilişiga olib keladi. Ular hukumat tomonidan özgaça fikrlovçilarni keng bostiriş, prezidentning tanqidni aslo hazm qila olmasligi, şaxsiy haqoratlarga ham bemalol ötib ketişi mumkinligiga işora qilişadi.

Ularning aytişiça, bu özgarişlar prezidentga byurokratiya, politsiya, harbiylar va ilmiy doiralarda tozalaş işlarini ötkaziş, şuningdek, XDPning siyosiy va boşlanğiç taşkilotlari ştatida tizimli hibsga oliş va quvğinga solişda qöl kelişi mumkin.

Respublika xalq partiyasi deputati va konstitutsiya kengaşi a'zosi Bulent Tezjonning fikriga köra, kiritilayotgan özgarişlar "Turkiyada demokratik tizim bir qoidaga almaşişi"ni bildiradi. "Prezident barça vakolatlarni, jumladan sud va ijro etuvçi hokimiyatlarni ham öz qölida jamlab olmoqçi, hokimiyatning uç böğini bir kişining ixtiyorida böladi", — degan Tezjon.

Qarşilar, şuningdek, referendum ziddiyatli şaroitda ötkazilgani, yetakçi siyosatdonlar, olimlar va jurnalistlar, jumladan XDPning xarizmatik yetakçisi Salohiddin Demirtoş va "Jumhuriyat" muxolifat gazetasi jurnalistlarining hibsga olingan paytda saylov ötkazilganini ta'kidlaşmoqda.

Raqiblar joriy etilajak tizimda muvozanat va yetarli darajada tiyib turiş vositasi bölişiga ham işonişmayapti. Ularning fikriça, parlamentdan ijro etuvçi hokimiyatni nazorat qiliş vakolatining olib qöyilişi, Erdöğonga köplab sudyalarni tayinlaş huquqining taqdim etilişi, unga ATP partiyasi a'zoligiça qolişiga izn berilişi mamlakat siyosiy hayotining barça jabhalarida uning hukmronligini mustahkamlaşga qaratilgan bir yöldir.

Kim yutdi?

Oldindan heç narsani aniq başorat qilib bömaydigan şaroitda, yakuniy ovoz berişda ikkilanib turgan 5-6 foiz saylovçilarning ovozi referendum natijalarini hal qildi. 58 million 366 ming 647 nafar röyxatga olingan saylovçilarning 85,32 foizi saylovda qatnaşdi. Ovoz bergan saylovçilar deyarli 49 mln. 800 ming nafarni taşkil etdi. Ularning 25 mln. 156 ming 860 nafari yoki 51,41 foizi konstitutsiyaga kiritiladigan özgarişlarni yoqlaşdi. 48,59 foiz saylovçilar referendumda qarşi ovoz berişdi.

Bundan Erdöğon yutdimi yoki Turkiya xalqi, hozirça aniq bir baho berişga erta. Nima bölganda ham, Turkiya siyosiy tizimi keskin özgarişlarga duçor böladi. Erdöğonga özining liderlik sifatlarini jahon afkor ommasi oldida namoyiş etiş uçun yanada kengroq imkoniyat taqdim etiladi.

Köraveramiz...

Ş.Şokirjonov tayyorladi.