Me'morlar “Taxtlar öyini” boş qahramonlaridan biri Tirion Lannister bölgan turmaga öxşaş kemadagi qamoqxonani loyihalaştirişdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Taxminlarga köra, kemada uç mingdan ortiq mahbusni joylaştiriş mumkin. Loyiha yaratuvçilarining ta'kidlaşiça, ikki qatordagi yelkanlarga öxşaş bölgan bu kameralar soliqlarni tölaşdan böyin tovlaganlik uçun sudlanganlarga möljallangan.
Arxitektorlar ğoyasiga köra, har bir kamera maydoni töqqiz kvadrat metrni taşkil etadi. Şu bilan birga, qamoqxonani qurişda işlatiladigan asosiy material qoğoz böladi.
Dizaynerlar kemani Panama Papers Jail deb nomlaş niyatidalar. Kema nomi Panama Papers deb atalgan mojaroga boğliq. Germaniyaning Sueddeutsche Zeitung naşri Panamaning Mossack Fonseca yuridik firmasi hujjatlarini e'lon qildi. Gazetaning yozişiça, ma'lumotlar jahon yetakçilari va ularga yaqin bölgan şaxslarning ofşor sxemalariga aloqadorligidan dalolat beradi.
Şunisi qiziqki, me'morlar pörtanali ob-havo şaroitida bir tomoni oçiq bölgan kameralardagi şaroit haqida töxtalib ötişmagan.








