Avstraliyadagi Darvin şaharçasilik Maykl MkElvi özining uyi Google xaritalarida pitssaxona sifatida belgilab qöyilganidan şikoyat qildi. Bu haqda MkElvi ABC radiosining mahalliy bölimiga aytib ötgan.

Erkak sözlariga köra, uning uyiga nafaqat taomlaniş, balki işga joylaşişni istagan odamlar ham doimiy ravişda kelişgan. Hatto bir marta bepul jurnallar tarqatuvçisi ham eşik qoqib kelgani aytildi.

“Sendan xuddi şaxsiyatingni öğirlaşgandek. Seni uyingni öğirlaşdi, hamda pitssaxonaga aylantirib qöyişdi”, - deydi Maykl MkElvi.

Şu bilan birga, MkElvining uyi yonidagi köçada haqiqatdan ham «Cucina Sotto Le Stelle» («Yulduzlar ostidagi oşxona») pitstseriyasi bor bölib, u yiliga atigi bir neça oy işlaydi.

MkElvining şikoyatlari mahalliy OAVda paydo bölgaç, Google vakillari xatoni payqaşdi va bir neça soatdan söng pitstseriya belgisi kerakli joyga ötkazilib qöyildi.

Manzillar bilan yuz beruvçi xatolar alohida joylarni ba'zida juda maşhur qilib yuboradi. 2017 yilning fevralida fransiyalik ayol özining tez ovqatlaniş şoxobçasini xato tufayli «Mişlen» reytingiga kiritib qöyişganini ma'lum qilgandi. Şundan söng şoxobçaga köproq kişilar kela boşladi.