Xitoyning SAIC kompaniyasiga tegişli bölgan MG markasi Şanghayda E-Motion elektr kupe kontseptini taqdim etdi. Firma tört örinli nusxa asosida 2020 seriyali maşinani çiqarişni maqsad qilgan.
Ikki eşikli kupe uçun kuç qurilmasi SAIC’da tayyorlandi. U haqdagi köplab tafsilotlar sir saqlanmoqda, biroq şunisi ma'lumki, kontsept tört soniyada soatiga yuz kilometr tezlikka çiqişi mumkin. Şu bilan birga, maksimal yuriş masofasi zaxirasi 500 kilometrdan köproqni taşkil etadi.
Yangilikning öziga xos jihatlaridan biri «qanot»-eşiklar va köplab aerodinamik xususiyatlardir. Bundan taşqari, oldingi optika faol «tom» bilan ajralib turadi, u yoritiş rejimi özgarsa kattalaşadi.

Kontsept şuningdek butunlay şişali tomga ega. E-Motion salonidagi örindiqlar yuqori tonnel bilan ajratilgan. Uning oldingi va orqa qismlarida multimediyali tizim va boşqa funksiyalarni boşqarişga möljallangan sensorli panellar joylaşgan. Sensorli klavişlar oldingi eşiklar qoplamasida ham bor.
Autocar ma'lumotiga köra, kupening seriyali nusxasi qiymati kamida 40 ming dollarni taşkil etadi. MG modelni işlab çiqarişni haqidagi qarorni kontseptga omma qanday munosabat bildirişiga qarab qabul qiladi.

















