Shanghay qirg‘oqlari yaqinida, Yantszi daryosining quyilish joyida yuk kemasi halokatga uchradi. Bu haqda «Sinxua» qutqaruv xizmatlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, o‘n kishi bedarak yo‘qolgan, uch inson qutqarib olingan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kema 5 ming tonna po‘latni olib ketayotgan bo‘lgan.

Ayni damda qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilayotgani aytiladi, unga o‘nlab kemalar jalb etilgan.