Yevropa ligasining 1/4 finalidan örin olgan bitta uçraşuv nihoyasiga yetdi. Unda «Genk» öz uyida «Selta»ni qabul qildi.
Uçraşuvning birinçi bölimida jamoalar raqib darvozasiga töp kirita olişmadi. 63-daqiqada Sistoning goli evaziga «Selta» hisobda oldinga çiqib oldi. Oradan tört daqiqa ötib, «Genk» futbolçilari hisobni tenglaştirdi. Biroq qolgan daqiqalarda belgiyaliklarning gol kiritişi uçun imkoniyat bölmadi.
Natijada «Selta» birinçi uçraşuvda qölga kiritgan ğalabasi evaziga umumiy yakunda ğalaba qozondi va öz tarixida birinçi marta jamoa yevrokuboklarning yarim finaliga yöllanma oldi. Şu kungaça vigoliklar na YeÇL, na Yevropa ligasida bu natijani qayd eta olişgandi.
Çorak finalning qolgan uç juftligida birinçi uçraşuvda kuzatilgan natijalar qayd etilgani bois, qöşimça daqiqalar belgilandi va uçraşuvlar overtaymda davom ettirilmoqda.
Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uçraşuvi
Genk (Belgiya) – Selta (Ispaniya) 1:1 (0:0)
Gollar: Trossard (67) – Sisto (63).
Genk: Rayan, Brabets (Devast, 81), Uronen, Kastan, Kolli, Buffel (Sxreyvers, 72), Malinovskiy (Boetiyus, 72), Posuelo, Berge, Trossard, Samatta.
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Fontas, Vass (Xosabed, 80), Radoya, Ernandes, Sisto, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 42; Ronkalya, 90).
Ogohlantirişlar: Devast (87), Ernandes (88), Kastro (90), Malo (90).
Dastlabki uçraşuv: 2:3.
«Selta» öz tarixida yangi sahifa oçdi
08:22 / 21.04.20178 6452 min












