Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Barselona» safarda «Selta»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya chempionatining 4-turida «Barselona» Vigoda «Selta»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Fati tezkor gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Olasa o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Bahs so‘ngida esa Serji Roberto o‘yinga nuqta qo‘ydi. E'tiborlisi, Kataloniya klubi bir bo‘limdan ortiqroq vaqt davomida 10 kishi bo‘lib o‘ynadi. Langle 42-daqiqada maydondan chetlatildi.
Zaxirasida ikki o‘yini bor «Barselona» ochkolarini 6taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. «Selta» esa 5 ochko bilan 11-pog‘onaga tushib ketdi.
La Liga, 4-tur
Selta – Barselona 0:3
1 oktabr, «Balaidos»
Gollar: Fati (11), Olasa (51, avtogol), Roberto (90+4).
Selta – Vilyar, Aydu (Baesa, 46), Olasa, Fontan (Arauxo, 32), Murilo, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 74), Mor (Santi Mina, 60), Veyga (Nolito, 60), Malo, Aspas.
Barselona – Neto, Alba, Pike, Langle, Serji Roberto, Buskets, Koutino (Pedri, 72), de Yong, Fati (Trinkau, 72), Messi, Grizmann (Arauxo, 45).
Ogohlantirishlar: Langle (23), Aydu (39), Pike (42), Arauxo (48), Tapiya (69), Murilo (75), Alba (84), Buskets (87), Beltran (90+3).
Chetlatish: Langle (42).
Mavzuga oid
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
09:55 / 12.04.2026
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord, Shomurodovda – dubl. Kun o‘yinlari
12:01 / 09.04.2026
YeChL. «Barsa» va «Liverpul» birinchi o‘yinlarida yutqazdi
11:58 / 05.04.2026