YeÇLning çorak finali javob uçraşuvlari doirasida «Barselona»ga qarşi keçgan safar öyini vaqtida «Yuventus» himoyaçisi Leonardo Bonuççi jamoadoşi Jorjo Kellinining jahlini çiqargan.

La Gazzetta dello Sport xabariga köra, uçraşuv hali davom etayotgan vaqtda Bonuççi kataloniyaliklar hujumçisi Lionel Messining yoniga kelib, undan futbolka almaşişni söragan. Kellini bu vaqtda yaqin joyda bölgan va jamoadoşini uşbu harakati uçun turtkilagan. Bonuççini esa bu töxtatib qola olmagan, u baribir Messiga yaqinlaşib kelib degan: «Leo, futbolkalarimizni almaşsak böladimi»?

Öyindan söng futbolçilar futbolkalarini almaşişgan.

Kellini esa Luis Suares bilan futbolka almaşgan.