2017 yilning 21 aprel kuni «UZ» domeni Ma'muri tomonidan UZINFOCOM Markazida «UZ» domenini Röyxatga oluvçilar bilan yiğiliş ötkazildi. Bu haqda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etiş Markazi saytida xabar berildi.

Yiğilişda domen nomini röyxatga oliş böyiça xizmatlar qiymatini qayta körib çiqiş va «UZ» hududi Röyxatga oluvçilari uçun röyxatga oliş muddatini çözdiriş masalalari körib çiqildi.

Yiğilişda «UZ» domenida röyxatdan ötiş böyiça xizmatlar narxini özgartirmaslik va avvalgi holatda qoldiriş haqida qaror qabul qilindi.

Şuningdek, yiğilişda Röyxatga oluvçilarning domenlar miqdorini oşiriş böyiça faoliyati ham muhokama qilindi.