BASF Coatings (BASF kompaniyasining lok-böyoq qoplamalari işlab çiqaruvçi bölinmasi) mutaxassislari Yevropa davlatlari va Rossiyadagi eng ommaviy avtomobil ranglarini ma'lum qilişdi. 2016 yil natijalariga köra, xaridorlardan aksariyati oq rangli maşinalarni tanlaşgan. Bu rangdagi maşinalar 29 foizni taşkil qilgan.  

Ötgan yili 78 foiz avtomobillar oq, qora, kulrang va kulrangning tuslariga böyalgan. Şu bilan birga kulrang maşinalar soni 2015 yildagiga qaraganda kamaygan (mos ravişda, 12 va 16 foiz). 

Eng kam talabgir ranglar oç jigarrang, yaşil, zarğaldoq, tillarang, binafşarang va sariq rang böldi.

BASF ma'lumotlariga köra eng ommaviy avtomobil ranglari yetakçi oltitaligi

Kompaniyada avtomobillar segmentlariga qarab rang tanlaşdagi ustunliklar turliça bölgani qayd qilindi. Yevropada ommalaşgan ixçam maşinalar bozordagi tendensiyani qaytargan: bunday maşinalardan oq (26 foiz), qora va kulrangdagilari (19 foizdan) köproq sotilgan.      

Krossoverlar va sport modellari uçun eng ommaviy rang kulrang bölgan. Lyuks-segmentdagi maşinalardan köproq qora rangdagilari xarid qilingan.