AQŞning köp tarmoqli General Electric konserni 2017 yilning 1-çoragida tuşumi bir oz kamayganiga qaramasdan, sof daromadini oşira oldi.

Kontsernning sof daromadi 577 mln dollarni taşkil etdi, bu esa 2016 yilning şu davridagidan (107 mln dollar) 5,4 marotaba köproq deganidir. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytilgan. Aktsiyadorlarga töğri keluvçi sof daromad 619 mln dollarni (aksiyaga 0,07 dollar) taşkil qilgan. Ötgan yil 61 mln dollar ziyon körilgan.  

Kompaniyaning operatsion daromadi bir aksiyaga 0,21 dollardan töğri kelgan  Şu bilan birga kompaniyaning 1-çorakdagi tuşumi ötgan yilga nisbatan 1 foizga kamayib, 27,66 mlrd dollarni taşkil qilgan. 

21 aprelda GE aksiyalari 29,95 dollardan sotilgan (-0,28 foiz). 

Kompaniya köplab texnika turlarini, jumladan, lokomotiv, energetik qurilmalar (jumladan, atom reaktorlari), gaz turbinalari, aviatsion dvigatellar, tibbiyot uskunalari, fototexnika, maişiy va yoruğlik texnikasi, plastmassa va germetiklar, şuningdek, öqotar qurol va zirhli texnikadan tortib harbiy-koinot tizimlari va yadroviy kallaklargaça bölgan harbiy maqsaddagi mahsulotlar işlab çiqaradi.