Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finaliga qur'a taşlandi. Unga köra, Madridning ikki jamoasi şu bosqiçda özaro töqnaş keladigan böldi. «Monako» va «Yuventus» esa ikkinçi finalçi nomini aniqlab berişi kerak böladi. Tribuna.Uz qur'a natijalarini tahlil qilib köradi.
«Real» – «Atletiko»
Yetar, Yevropa klublari musobaqasining finallarini Ispaniya çempionatiga aylantirib yuboriş uçun bu yil imkoniyat yöq – «Real» va «Atletiko» biroz oldinroq ğoliblik masalasiga oydinlik kiritib olişiga töğri keladi. Diyego Simeone uçun Madrid derbisining eng muhim ikki uçraşuvi faqat yomon xotiralar bilan qolgan. Serxio Ramosning sönggi soniyalarda kiritgan goli va ikkinçisidagi birgina 11 metrlik jarima zarbasi öyin taqdirini hal qilgan töqnaşuvlar. «Real»dan YeÇLda qabul qilib olinadigan yana bir mağlubiyatga Simeone çiday olmasa kerak. Diyego YeÇL finalida ketma-ket ikki mağlubiyat uning uçun qattiq zarba bölgani, faqatgina çempionlar ligasi unga motivatsiya berib turganini juda köp marotaba ta'kidlab keladi. Navbatdagi mağlubiyat uning Madriddagi sabr kosasini töldirib yuborsa kerak.

«Bavariya» «Real» uçun özining kuçiga munosib baho bera oliş imkonini yaratdi. Aynan myunxenliklar Zidan jamoasiga qulay bölib çiqdi. «Real» tezkor qarşi hujumlar evaziga raqibni şoşirib qöydi. Albatta, afsus bilan aytiş mumkin, bu uçraşuv köproq Viktor Kaşşaining hakamligi bilan eslanadi. Ammo hakamlik qançalik qöpol xatolar bilan köringan bölmasin, «Real» qarama-qarşiliklarda keyingi bosqiçga çiqişga haqlidek taassurot uyğotgandi. «Atletiko» bu borada aynan öta noqulay raqiblar sirasiga kiradi. Zidan jamoasi ikkinçi raqamda öynaşni qançalik yaxşi körsa, «matrasçilar» bu işning hadisini olişgan va hamşaharlariga bunday öyin körsatişga bermasligi aniq. Hozirgi «Atletiko» töpni nisbatan yaxşi nazorat qiladi. Ammo muhim öyinlarda jamoa ötgan mavsumda bölgani kabi «Barselona» va «Bavariya»ni musobaqadan çiqarib yuborgan ultrahimoyaviy öyin uslubiga tayanib öynaşini kutiş mumkin.
Bu qarama-qarşilikda yana bir faktorni hisobga oliş kerak – çempionlik poygasi. «Real» la-liga «oltin»lari uçun «Barselona» bilan jiddiy kuraş olib bormoqda, «Atletiko» kuzdagi natijalari evaziga allaqaçon bu kuraşdan çiqib ketgan. Yevrokubokdagi ğalaba – Diyego Simeone jamoasining bu mavsumdagi yagona maqsadi sanaladi.
Tarix
Yevrokuboklarda ikki jamoa örtasidagi töqnaşuvlar tarixi titkilansa birinçi navatda darhol ikki final uçraşuvi yodimizga tuşadi. Ammo jamoalar bundan taşqari 2014/2015 yilgi mavsumda YeÇL çorak finalida ham özaro röbaro‘ kelişgan. «Visente Kalderon»da hisob oçilmagan bölsa, «Bernabeu»da yagona gol öyin taqdirini mezbonlar foydasiga hal qilgandi. Umumiy yevrokuboklar statistikasi «Atletiko» uçun quyidagiça: «Real»ga qarşi yevrokubok pley-offlarida 4ta töqnaşuv (1959-yilda ham uçtalik öyinda «Real» ğolib çiqqan) barçasida «qaymoqranglilar» uçun kerakli natija bilan tugagan.












