Tahririyatga Marğilon şahridan maktub kelib tuşdi. Ma'lum bölişiça, şaharning Al Farğoniy köçasidagi devor uzoq yillardan beri aholiga tösqinlik qilgan va şu devor tufayli boşqa mahalla orqali keyingi köçaga ötiş mumkin.

“Mahallamizda 1995 yillardan boşlab aholi istiqomat qilişni boşlagan. Gap şundaki, mahallamizning boşi öşa yillardan buyon noqonuniy tarzda özboşimçalik bilan tösib olingan. Qöşni mahalla köçasidan aylanib ötamiz va bunga könikib qolganmiz. Ammo, yomğirli paytlarda mahallamizga “bomba” tuşgandek böladi. Onaxon-u otaxonlarimiz, yoş opa-singillarimiz bu “loyli” yöllardan ne-ne xatar bilan yurişganini körib devorni boşim bilan “yorgim” keladi”, deyiladi jumladan maktubda.

Qayd etilişiça, şu devorni buziş uçun mahalla aholisining yozmagan joylari va kirmagan idoralari qolmagan. 

Maktubda aytilişiça, “oxirgi umidlar ila “Toşkanga” murojaat qilişganda, Marğilon şahrining avvalgi hokimlardan biri kelib: “Ha albatta buzamiz, axir bu devor qizil liniyaga tuşgan-ku!” degan javobni berganu, mahalladoşlarimiz “Xalqparvar” hokimni qaytib körişmagan. Mahalladoşlarimning aytişiça, köçamizni tösib olgan qöşnimizning “tanka”si kuçli emiş! Tobora bu gaplarda jon bor şekilli deb öylay boşladim. Nimaga deysizmi? 2016 yil oktabr oylari. Prezident virtual qabulxonasidagi muammolarni tez va ijobiy xal bölayotganin körgan zahotim virtual qabulxonaga köçamizni tösib olinganligi xaqida murojaat qildim. Murojaatdan söng, tuman arxitektori menga könğiroq qilib devor masalasi böyiça gaplaşib olişimiz kerakligini aytdi. Ertasi kuni arxitektor maxallamizga kelib noqonuniy devorni kördi va u: “Devor ariqning u yoğida joylaşgan ekan, ariqning u yoği şahar hududiga kirgani uçun biz aralaşa olmaymiz lekin şahar hokimligiga xat bilan çiqamiz albatta buzvorişadi ukam” dedi. Kutdik vanihoyat 2016 yil 21 dekabrda Marğilon şahar hokimligidan xat keldi. Unda:

“2016 yil 23 dekabr kuni mahalla fuqarolariga omborxona va devorni buzib oliş haqida rasmiy ogohlantiriş xati berildi. Şuningdek, fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq belgilangan muddat içida öz hisoblaridan buzib, yer maydonini asl holatiga keltirib qöyilmagan holatda fuqarolik işlari böyiça Marğilon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilişi haqida tuşuntiriş berildi” deyilgan. 2 xafta oldin “Xalq qabulxonasi”ga xam taşrif buyurib, buyruqni kerakli xodimga körsatganimda: “Albatta buni sudga topşirib, ijobiy xal qilamiz xotirjam böling” degandi. Mana u xodim ham “ğoyib” böldi.  Mahallamizdagilarni bir neçta savollar qiynamoqda “Nahotki?”, “Hal qilişmadimi?”, “Eski xammom eski tosmi?”, “Rostdanam qöşnimizning “tanka”si kuçlimi?”, “Özi portalga yozganmiding bolam?”. Xullas men ham yuguraverib çarçadim”.