Prezident Şavkat Mirziyoyev Marğilon şahridagi “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida barpo etilgan madaniyat hamda xizmat körsatiş obektlari bilan tanişdi.

Ta’kidlanişiça, milliy me’morçilik an’analari, Marğilon tarixi va zamonaviy turizm talablari uyğunlaşgan uşbu majmua qadim şahar içidagi şaharçadir. 35 gektar maydonni egallagan majmuada sayyohlar uçun barça qulayliklar yaratilmoqda. Bu yerda mehmonxona, karvonsaroy, savdo va xizmat körsatiş binolari, hunarmandlar markazi, milliy bozor va muzeylar qurib bitkazilgan.

Alloma Burhoniddin Marğinoniyning boy ilmiy merosini örganiş va tarğib qiliş majmuaning asosiy yönalişlaridan biridir. Şu bilan birga, hududda qadimiy hunarmandçilik an’analarini saqlaş, ziyorat va madaniy turizmni rivojlantiriş közda tutilgan.

Majmuada “Otabek va Kumuş uyi” muzeyi ham taşkil etilgan. Uning devorlarida “Ötkan kunlar” romani sahnalari jonlantirilib, adabiyot va tarixni uyğunlaştirgan noyob muhit yaratilgan. Şuningdek, maqom teatri, şoir va rassomlar xiyoboni hamda kutubxona ham joy olgan.

Qiymati 1,7 trillion söm bölgan loyihaning boş rejasi Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Majmua ikki bosqiçda barpo etiladi. Kelgusida bu yerda biznes markaz, 1500 örinli masjid, mehmonxonalar, 400 ta savdo va xizmat körsatiş nuqtasi hamda 300 örinli bozor taşkil etiladi.

Davlat rahbari majmua böylab bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi. Hunarmandçilik, badiiy va amaliy san’at körgazmalari, bozor rastalari bilan tanişdi. Jamoatçilik vakillari bilan suhbat qurdi.

Majmua töliq işga tuşgaç, viloyatga yiliga örtaça 200-250 ming nafar xorijiy sayyoh jalb etilişi kutilmoqda. Buning natijasida 2 mingta iş örni yaratiladi, budjetga 52 milliard söm tuşum va 30 million dollarlik xizmatlar eksporti ta’minlanadi.

Şuningdek, “Burhoniddin Marğinoniy” majmuasi tajribasini Buxorodagi “Boqiy Buxoro”, Samarqanddagi Imom Moturidiy maqbarasi atrofi, Qöqondagi Örda, Namangandagi “Axsikent” yodgorligi hamda Toşkentning Eski şahar hududlarida ham keng joriy etiş rejalaştirilgan.