“Urgut” erkin iqtisodiy zonaning barpo etilişi mintaqa iqtisodiyotini yanada rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega. Uşbu iqtisodiy zona hududdagi boy xomaşyo va mehnat resurslaridan samarali foydalaniş, yangi iş örinlarini köpaytiriş, aholi bandligi va farovonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimizning joriy yil 12 yanvardagi “Urgut”, “Ğijduvon”, “Qöqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini taşkil etiş töğrisida”gi Farmoni esa mazkur sohada olib boriladigan işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida ÖzLiDeP Samarqand viloyat Kengaşi tomonidan, mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda joriy yilning 14-15 aprel kuni muhtaram Prezidentimizning Samarqand viloyatiga taşrifi doirasida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillaştiriş yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari va körsatmalari tadbirkor va işbilarmon doira vakillari, yoşlar va keng jamoatçilik hamda deputatlar iştirokida taşkil etilgan amaliy muloqotda atrofliça örganildi va tahlil etildi. Bu haqda ÖzLiDeP Samarqand viloyat Kengaşi Matbuot xizmati rahbari Bektoş Şodiyev Kun.uz’ga xabar bermoqda.
E'tirof etilganidek, Farmonga muvofiq şu kunga qadar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Urgut tumanida "Urgut-1", Nurobod tumanida "Urgut-2" va Pastdarğom tumanida "Urgut-3" hududlari taşkil etildi. Uşbu hududlar uçun jami 816 gektar yer ajratilib, ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlaş işlari boşlab yuborilgan. Bugungi kunda yengil sanoat, maişiy texnika, tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, çarm-poyabzal, kantselyariya mollari, quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda. Ayni paytda xorijiy va mahalliy investorlar bilan 2017-2018 yillarga möljallangan 83 loyiha tayyorlangan, ularning 20 tasi joriy yilning özida işga tuşiriladi.

Umumiy qiymati 250 mln. AQŞ dollarni taşkil etuvçi uşbu loyihalar tijorat banklari krediti va ta'sisçilarning mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Natijada 5,5 ming yangi iş örni taşkil etiladi.
– Joriy yilning ikkinçi çoragida yiliga 15 ming tonna 100 foiz import örnini bosuvçi eksportga yönaltirilgan poleuretan mahsulotlarini işlab çiqaruvçi “DERKIM POLIURETAN URGUT” Özbekiston–Turkiya qöşma korxonasini işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda, – deydi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi deriktor örinbosari Ğayrat Abduraxmatov. – Loyiha qiymati 6 mlrd. 250 mln. AQŞ dollarini taşkil etadi. Uşbu yangi korxona işga tuşirilişi bilan 65 ta yangi iş örni yaratiladi.












