Angliya Kubogining 1/2 finalidan örin olgan dastlabki uçraşuv nihyaosiga yetdi. Unda «Çelsi» va «Tottenhem» jamoalari kuç sinaşdi.

Uçraşuvning 3-daqiqasida Villian jarima zarbasidan söng hisobni oçgan bölsa, 18-daqiqada Harri Keyn farqni yöqqa çiqargandi. Birinçi bölimning sönggi qismida Villian Viktor Mozesga nisbatan işlatilgan qöpollikdan söng belgilangan penaltini aniq amalga oşirib, yana jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi.

Ikkinçi bölimda dastlab Dele Alli yana hisobni tenglaştirdi. Şundan söng «Çelsi» tarkibda bir qator asosiy futbolçilarni tuşirdi va bu öz foydasini berdi. Avvaliga zaxiradan maydonga tuşgan Eden Azar jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, Nemanya Matiç bu farqni yana bittaga oşirdi — 4:2. Natijada «Çelsi» kubokning dastlabki finalçisiga aylandi.

Ikkinçi yarim final ertaga bölib ötadi. Unda «Arsenal» va «Mançester Siti» jamoalari ikkinçi yöllanma uçun kuraş olib borişadi.

Angliya Kubogi, 1/2 final

Çelsi – Tottenhem 4:2 (2:1)

Gollar: Villian (5, 43, penalti), Azar (75), Matiç (80) – Keyn (18), Alli (52).
Çelsi: Kurtua, David Luiz, Ake, Alonso, Aspilikueta, Matiç, Mozes, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro (Fabregas, 74), Batşuayi (Diyego Kosta, 61).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Vertongen, Tripper, Eriksen, Dembele, Vanyama (Nkudu, 80), Dayyer, Alli, Son Xyong Min (Uoker, 68), Keyn.
Ogohlantirişlar: Alderveyreld (4), Alonso (45), Alli (73), Kante (90+2).