Yaqin vaqtlar içida Xitoyda Özbekistonning axborot agentligi oçilişi mumkin. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Sun Litsze 22 aprel kuni yoş jurnalistlar bilan Özbekiston davlat jahon tillari universitetida ötkazilgan uçraşuvida gapirib ötdi.
Ikki davlat örtasidagi diplomatik munosabatlar va turli sohalardagi islohotlarni bevosita yoritib boriş böyiça axborot almaşinuvini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladigan mazkur agentlik yuzasidan muzokaralar davom etayotgani ma'lum qilingan.
Bundan taşqari, madaniy sohada kinoteatrlar faoliyati, infratuzilmasi va tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan ham yangi loyihalar boşlangani qöşimça qilindi.
Talabalar bilan keçgan muloqot davomida elçi, şuningdek, faoliyat boşlaganiga köp bölmagan Toşkentdagi Xalqaro press-klubning ilk yiğilişida iştirok etgani, undan olgan katta taassurotlarini örtoqlaşgan.

















