Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga mas'ul bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hukumat va Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligini ta'minlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish, Agentlik tizimiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, matbaa va noshirlik, kutubxonachilik sohasini zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish masalalari alohida qayd etildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda, shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komil Ismoilovich Allamjonov, direktorning birinchi o‘rinbosari Avazbek Jabborkulovich Xodjimetov, direktor o‘rinbosarlari etib Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hamda G‘ayrat Nazarovich Bozorov tasdiqlandi.



S.Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas'ul bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Agentlik axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 19:24
-
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 19:22
-
Infinix'ning Note 50 seriyasi: zamonaviy dizayn, yuqori tezlik va aqlli funksiyalar birlashmasi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyadagi migratsiya markazida vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekani rad etildi
Jahon | 18:46
Mavzuga oid

20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva

20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi

17:21 / 14.05.2025
Saida Mirziyoyeva YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

16:04 / 10.05.2025