Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan "Harbiy xizmatçilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, şuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga işga qabul qiliş tartibi töğrisida"gi nizom tasdiqlandi. Hujjat matni Lex.uz portalida e'lon qilindi.
Hujjatga muvofiq, harbiy xizmatçilar orasidan pensionerlar harbiy akademik litseylarning böş (vakant) direktorlari, ularning örinbosarlari va öqituvçilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani rahbari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining böş (vakant) ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça direktori örinbosari hamda tarbiyaçisi lavozimlariga işga qabul qilinadi.
Pensionerlarni işga qabul qiliş ularni yoşlarni vatanparvarlik, vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalaş jarayoniga yanada kengroq jalb etiş maqsadida amalga oşiriladi.







