Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maxfiy xizmatga yangi direktor tayinladi
AQSh prezidenti Donald Tramp davlatning birinchi shaxslarini qo‘riqlash uchun javob beruvchi Maxfiy xizmatga iste'fodagi general-mayor Rendolf Allesni direktor etib tayinladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Janob Alles ayni vaqtda chegara va bojxona nazorati xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari majburiyatlarini bajarib keladi. U avval xizmatning dengiz va havodagi operatsiyalarini boshqargan", deb aytildi xabarda. Bungacha Alles 35 yil davomida AQSh dengiz piyoda askarlari korpusida xizmat o‘tagan va 2011 yilda general-mayor unvonida iste'foga chiqqan.
Bungacha Maxfiy xizmat rahbari lavozimini Jozef Klensi egallab kelayotgandi va u bu lavozimdan 4 mart kuni ketgandi. U iste'foga chiqqach, uning majburiyatlarini Uilyam Kalaxan bajarib kelayotgandi.