Motor.ru naşri eng maşhur fransuz maşinalari röyxatini tuzib çiqdi. Quyida uşbu röyxat taqdim etiladi.
Renault Espace

Katta oilalarga möljallangan yölovçi avtomobillari bu maşinaga qadar ham bölgan, biroq aynan Espace nafaqat örindiqlar köpligi, balki juda ixçam bölgan dunyodagi birinçi seriyali avtomobilga aylandi. Umuman olganda – u dunyodagi ilk minivendir. Buning ustiga 1984 yilda taqdim etilgan Espace oddiy va funksional dizaynga ega.

Garçi Espace MDH davlatlarida unçalik katta talabga ega bölmagan bölsa ham, Ğarbiy Yevropada model hamon juda ommabop. Ayni damda u yöltanlamasga öxşaş miniven bölib, bitta benzinli va ikkita dizelli 130dan 200 ot kuçiga ega bölgan kuç qurilmasiga ega.
Delahaye 175S Roadster par Saoutchik

Bu avtomobilni avval jurnallar yoki internetda köp körgansiz, biroq u qanday nomlanişini bilmagansiz. Endi esa bu “maxfiy sir” oçiladi. Delahaye kompaniyasining köplab avtomobillari Fransiyaning eng maşhur modellari qatorida turadi, sababi aynan ular avangard dizayniga asos solişgan.

Aynan bu rodster esa 1949 yilda, buyuk britaniyalik mijoz buyurtmasiga köra yaratilgan. Şundan söng 165 kuçli avtomobil AQŞga borib qolgan, u yerda uning yangi egasi asl dvigatelni olib taşlagan hamda Oldsmobile Toronadödan motor va transmissiya örnatgan. Avtomobilning uçinçi egasi esa maşinaga ilk körinişni qaytardi – töla ta'mirdan çiqarilgan 175S Roadster ommaga 2006 yilda Pebbl-Biçdagi tanlovda taqdim etildi. 2010 yilgi Sotheby’s kimoşdi savdosida maşina yangi xaridorning mulkiga aylandi. Unga 3,3 million dollar tölandi.



























