Angliya bankining yangi 5 funt sterlinglik banknotalarida tiniş belgilariga oid xatolar aniqlandi. Yangi kupyurada Angliyaning sobiq boş vaziri Uinston Çerçillga tegişli sitatada qöştirnoq va nuqta qöyilmagan.
Kupyurada Çerçill surati yonida uning "Menda sizga qon, mehnat, köz yoşi va terdan bölak taklif qiladigan narsa yöq" (I have nothing to offer but blood, toil, tears and sweat) deb aytgan iborasi joylaştirilgan.
"Göyoki bu iborani Çerçill emas, 5 funt aytayotgandek taassurot bor. U yerda qoidaga köra, qöştirnoq va nuqta bölişi kerak", deb aytgan Oksford universiteti öqituvçisi Tara Stabbs.
Ma'lum qilinişiça, yangi banknotalar ötgan yil oktabrida muomalaga çiqarilgan va ayni vaqtda muomalada bu kupyuralardan jami 400 mln funt sterling aylanmoqda.
Angliya banki bu e'tirozlarga hozirça izoh bermagan.












