AQŞ prezidenti Donald Tramp 29 apreldagi nutqida AQŞ manfaatlariga javob bermaydigan barça kelişuvlarni bekor qilib, yangi muzokaralar boşlaşga va'da berdi.

"Biz yangi muzokaralar boşlaymiz va AQŞ manfaatlariga javob bermaydigan barça kelişuvlarni bekor qilamiz", deb aytdi Tramp Garrisberg şahrida (Pensilvaniya ştati) tarafdorlari oldida sözlagan nutqida.

Tramp, jumladan, Meksika va Kanada bilan erkin savdo kelişuvi (NAFTA) böyiça yangi muzokaralar boşlaşga va'da berdi. U bundan hammaga yaxşi bölişiga umid bildirdi. 

"Köp yillar davomida biz NAFTA’da Kanada va Meksikaga nisbatan notöğri tomonda bölganmiz. Bunga özimiz yöl qöyganmiz. Hozir biz yangi muzokaralar boşlamoqçimiz. Agar biz kompaniyalarimiz va işçilarmiz uçun yaxşi kelişuvga erişa olmasak, unda NAFTA’ning amal qilişini töxtatamiz", deb aytdi Tramp. 

Tramp, şuningdek, Trans-Tinç okeani hamkorligi böyiça kelişuvni ham "dahşatli va falokatli" deb atadi. Tramp prezidentlik lavozimiga kirişişi bilanoq bu kelişuvdan çiqişga qaror qilgandi.

Tramp şu bilan birga yaqinda AQŞda mamlakatga xorijdan alyuminiy va pölat yetkazilişi böyiça antidemping (demping – bozorni egallaş uçun narxlarni sun'iy ravişda pasaytiriş) tergovlari boşlanganini eslatib ötdi. "Biz har bir bitimni örganmoqdamiz. Agar biror notöğri holatni aniqlasak, zudlik bilan iş köramiz", deb aytdi Tramp.