Turkmanistonda Axaltekin otlari kuni nishonlanmoqda

Foto: © RIA Novosti
Turkmanistonda an'anaga ko‘ra bu yil ham aprel oyining oxirgi yakshanbasida turkman Axaltekin otlari kuni nishonlanmoqda.
Ko‘rik-tanlov Ashxobod shahridagi ot sporti majmuasida o‘tkaziladi. Bu yerda bayramona yasantirilgan otlar namoyish etiladi. Yurish g‘oliblari va sovrindorlari qimmatli sovrinlar, xorijiy markadagi avtomobillar bilan taqdirlanadi.
An'anaga ko‘ra marosimda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov boshchiligidagi hukumat korpusi ham ishtirok etadi.
Aprel oyida “Turkman tulpori kuni” milliy bayrami o‘tkaziladi. G‘olib taniqli olimlar, chet ellik ekspertlar hamda ot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislardan iborat hay'at a'zolari tomonidan aniqlanadi.
Axaltekin zotli tulporlar go‘zallik tanlovi bilan birga rassomlar, haykaltaroshlar, zargarlar, fotosuratchilar, dizaynerlar va teleoperatorlar tomonidan yaratilgan, Axaltekin otlari aks etgan tasviriy san'at asarlari, suratlar, amaliy san'at namunalari hamda teleko‘rsatuvlar namoyishini o‘z ichiga olgan ijodiy asarlar tanlovi o‘tkaziladi. Bu bayram orqali xorijliklar e'tiborini yanada ko‘proq jalb etish ko‘zda tutilgan.
Zotdor otga Axaltekin nomining qo‘yilishida ikki so‘z asos bo‘lgan — Axal (Turkmanistondagi tarixiy viloyat) va teke (turkman qabilasi, Axal hududida yashovchilar).
Olimlar bu zotning qadimiyligi 5 ming yilni tashkil etishini aytishadi.
Turkmanistondagi Axaltekin otlarining soni 3 mingdan ortadi va bu otlar o‘zining zotdorligi, go‘zalligi, kelishgani bilan ajralib turadi.
Axaltekin otlari Turkmanistonda o‘ziga xos iftixor ramziga aylangan, davlat ramzining markazidan o‘rin olgan va qator xorijiy davlat rahbarlariga eng oliy hadya sifatida tortiq etilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025