Xitoyda öz töyida ikki yuz kişini uning qarindoşlari deb taniştiriş maqsadida yollagan kuyov qölga olindi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Kelin qarindoşlari yolğonni osongina foş qilişgan, sababi köpçilik mehmonlar kuyovni qayerdan tanişlarini tuşuntira olişmagan. Bundan taşqari, marosimga uning ota-onasi kelmagani ham şubhani kuçaytirdi.
Keyinçalik ma'lum bölişiça, kuyov mehmonlari pulga yollangan ekan. U töyda iştirok etiş uçun har bir insonga 80 yuandan tölab bergan. Ba'zilar taksi haydovçilari ekanliklarini tan olişgan bölişsa, boşqalar talaba bölgan.
Yolğon nima uçun kerak bölgani tuşunarsizligiça qolmoqda. Kelinning aytişiça, uç yillik munosabatlar vaqtida kuyov qandaydir yolğon işlatganini biron marta ham payqamagan.
Xitoy OAV tomonidan bildirilgan taxminlarga köra, kuyov kelinning ota-onasi uni kambağallardan ekanini aytişganidan söng, soxta qarindoşlarni yollaşga qaror qilgan. U haqiqiy qarindoşlari va döstlarini şu tariqa şarmandalikdan saqlab qolmoqçi bölgan.













