Bugun Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finaliga dastlabki uçraşuvi bölib ötadi. Dastlabki uçraşuvda Madridning ikki jamoasi özaro töqnaş keladi. Tribuna.Uz final ostonasida dastlabki töqnaşuvga batafsil töxtaladi.

«Real» – «Atletiko» (2 may, 23:45, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)

Yevropa çempionlar ligasi finalida ketma-ket törtinçi marta ispan jamoasi finalda öynaşi aniq böldi. Ammo sönggi uç yildagi finalda ikki marta kuzatilgan ispança final bu safar bölmaydi. Çunki ötgan yilgi finalçilar bu safar yarim finalda özaro hisob-kitob qilib oladigan böldi. 

Öyindan oldin

Atletiko

Diyego Simeone uçun Madrid derbisining eng muhim ikki uçraşuvi faqat yomon xotiralar bilan qolgan. Serxio Ramosning sönggi soniyalarda kiritgan goli va ikkinçisidagi birgina 11 metrlik jarima zarbasi öyin taqdirini hal qilgan töqnaşuvlar. «Real»dan YeÇLda qabul qilib olinadigan yana bir mağlubiyatga Simeone çiday olmasa kerak. Diyego YeÇL finalida ketma-ket ikki mağlubiyat uning uçun qattiq zarba bölgani, faqatgina çempionlar ligasi unga motivatsiya berib turganini juda köp marotaba ta'kidlab keladi. Navbatdagi mağlubiyat uning Madriddagi sabr kosasini töldirib yuborsa kerak.

Foto: Twitter/@atleticomadrid

Real

«Bavariya» «Real» uçun özining kuçiga munosib baho bera oliş imkonini yaratdi. Aynan myunxenliklar Zidan jamoasiga qulay bölib çiqdi. «Real» tezkor qarşi hujumlar evaziga raqibni şoşirib qöydi. Albatta, afsus bilan aytiş mumkin, bu uçraşuv köproq Viktor Kaşşaining hakamligi bilan eslanadi. Ammo hakamlik qançalik qöpol xatolar bilan köringan bölmasin, «Real» qarama-qarşiliklarda keyingi bosqiçga çiqişga haqlidek taassurot uyğotgandi. «Atletiko» bu borada aynan öta noqulay raqiblar sirasiga kiradi. Zidan jamoasi ikkinçi raqamda öynaşni qançalik yaxşi körsa, «matrasçilar» bu işning hadisini olişgan va hamşaharlariga bunday öyin körsatişga bermasligi aniq. Hozirgi «Atletiko» töpni nisbatan yaxşi nazorat qiladi. Ammo muhim öyinlarda jamoa ötgan mavsumda bölgani kabi «Barselona» va «Bavariya»ni musobaqadan çiqarib yuborgan ultrahimoyaviy öyin uslubiga tayanib öynaşini kutiş mumkin.